KTKoreada Ta'lim Bepul konsultatsiya

Koreyada o'qish va talaba vizasiVa'da emas, tasdiqlangan vizalar

Bu yerda ko'rib turganingiz reklama uchun qilingan dizayn emas, studentlarimizning haqiqiy vizalari. 70+ talabaga qo'limdan kelgancha yordam berib kelmoqdaman.

Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)
Studentimizning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (shaxsiy ma'lumotlar yopilgan)

Studentlarimizning haqiqiy vizalari. Shaxsiy ma'lumotlar yopilgan.

2023yildan beri Koreya ta'lim sohasida
2+ yiluniversitet xalqaro ofisida tajriba
70+studentga yordam berdim
Bepulbirinchi konsultatsiya

Hujjat topshirgan universitetlarimiz

Chungbuk National University충북대학교
Seowon University서원대학교
Korea Aerospace University한국항공대학교
Chungbuk Provincial University충북도립대학교
Kyonggi University경기대학교
Hanbat National University국립한밭대학교
Yewon Arts University예원예술대학교
Hoseo University호서대학교
Chungcheong University충청대학교
Gwangju Women's University광주여자대학교
Woongji Accounting & Tax College웅지세무대학교
Kongju National University국립공주대학교

Xizmatlar

Hujjat topshirishdan Koreyaga yetib kelguningizgacha.

Til kursi

Universitetlarning koreys tili kurslariga (D-4) hujjat topshirish.

Bakalavr

Universitet va yo'nalish tanlash, ariza va motivatsion xat.

Magistratura

Dastur tanlash, hujjatlar to'plami va e-viza.

Kasbiy ta'lim

Kasbiy ta'lim dasturlariga hujjat topshirish.

Viza

Hujjatlarni yig'ish va tekshirish, xatolarni oldindan topish.

D-4 dan D-2 ga o'tish

Koreyadagi til kursi talabalarining bakalavrga o'tishi.

Kutib olish va joylashish

Vizasi tasdiqlangan studentlar uchun aeroportdan kutib olish va turar joy.

Bizning studentlar

Xamir uchidan patir deganlaridek, studentlarimizning natijalari bilan tanishing va ilhom oling

Bahriddinov Asilbekning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (D-4, DK University)

Bahriddinov Asilbek

Bankshot qo'yib, ko'plab firmalar bilan gaplashib ko'rgandan keyin menga murojaat qilgan. Telex viza orqali topshirib, eng oxirgilardan bo'lib vizasini oldi. Hozir Namyangju shahridagi DK Universityda o'qiydi.

D-4Viza turi
DK UniversityUniversitet
Kodiraliev Doniyorbekning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (D-4, DIST)

Kodiraliev Doniyorbek

Yoshligiga qaramay chet elda o'qishga qiziqdi, akasi esa uning Koreyaga kelishida katta yordam berdi. Telex viza orqali, osonlik bilan viza olgan talabalarimizdan biri. Daejeon Institute of Science and Technology'ga qabul qilindi.

D-4Viza turi
DISTUniversitet
Ahmadjonov Inomjonning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (D-2, Seowon)

Ahmadjonov Inomjon

Mendan maslahat so'raganida koreys tilini yaxshi o'qishni tavsiya qilgandim. TOPIK 3 ni olib, yana bog'landi. Men ham o'qiydigan Seowon universitetining Business yo'nalishiga birga hujjat topshirdik va vizani ham oldik.

D-2Viza turi
SeowonUniversitet
Abdukholisov Khabibulloning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (E-visa, Sudo International)

Abdukholisov Khabibullo

Yevropani aylanib chiqqanidan keyin magistraturani Koreyada o'qishga qaror qildi. Seuldagi Sudo International University'ga hujjat topshirdik va uzoq, qiyin kutishlardan so'ng vizasini ham olib berdik.

E-visaViza turi
Sudo InternationalUniversitet
Tursunov Asilbekning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (E-visa, Kyonggi)

Tursunov Asilbek

Yoshi kattaroq bo'lgani va til sertifikati yo'qligi uchun viza olish imkoniyati 50/50 edi. Lekin nasib qilgan ekan: Seuldagi Kyonggi universitetiga qabul qilinib, hozir o'qishni boshladi. Vizasi tasdiqlanganiga hali ham o'zi ishonmaydi.

E-visaViza turi
KyonggiUniversitet
Nematov Abdijalilning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (D-4, Korea Bible)

Nematov Abdijalil

TOPIK 2 bilan kasbiy ta'limga emas, aynan til kursiga borishni tanladi, chunki avval koreys tilini yaxshi o'rganmoqchi edi. Seuldagi Korea Bible University til kursiga kirdi va keyin bakalavrda Computer Engineering yo'nalishida o'qimoqchi. TOPIK sertifikati borligi uchun telex emas, oddiy til kursi vizasini olib berdik.

D-4Viza turi
Korea BibleUniversitet
Khojimatova Nargizakhonning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (E-visa, Chungbuk National)

Khojimatova Nargizakhon

IELTS 7 bilan qanchalik nufuzli universitetga kirish mumkinligiga yaxshi misol. Cheongju shahridagi Chungbuk National University'ga 70% grant bilan qabul qilindi va e-vizasini olib berdik. Bankshot va yillik daromad hujjatlarisiz, qulay yo'l bilan topshirib, viza tasdiqlandi.

E-visaViza turi
Chungbuk NationalUniversitet
Mirzakhamdamova Dilshodaning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (E-visa, Gwangju Women's)

Mirzakhamdamova Dilshoda

TOPIK 2 bilan Gwangju Women's University'ning K-Beauty yo'nalishi bo'yicha magistraturaga 80% grant bilan qabul qilindi. Shaxsiy tajribamda eng tez tasdiqlangan vizalardan biri: e-viza atigi 7 kunda chiqdi.

E-visaViza turi
Gwangju Women'sUniversitet
Azamov Abdurakhmonning tasdiqlangan Koreya talaba vizasi (D-2, Korea Aerospace)

Azamov Abdurakhmon

Koreada "1%" deb ataladigan Korea Aerospace University'ga topshirgan 60 nafar o'zbek talabasi ichidan yagona tanlangan studentim. Juda omadli va bilimli: IELTS bilan Engineering yo'nalishida tahsil olyapti. Qabul va viza tasdiqlanguncha ozmuncha ter to'kmadikmi?

D-2Viza turi
Korea AerospaceUniversitet

Nega aynan men

Xalqaro talaba sifatida

Koreyada o'zim ham xalqaro talaba sifatida o'qiyman. Sizni kutayotgan yo'lni yaxshi bilaman.

Ichkaridan tajriba

Universitet xalqaro ofisida 2 yildan ortiq ishlab, arizalar qanday ko'rib chiqilishini ko'rganman.

Koreyada, joyida

Koreyada yashayman va o'qiyman. Savollaringizga shu yerdan javob beraman.

Ochiq jarayon

Har bir qadamni oldindan tushuntiraman. Viza kafolati kabi bo'sh va'dalar bermayman.

O'z tilingizda

O'zbek, ingliz va koreys tillarida muloqot qilaman.

Kelgandan keyin ham yoningizda

Aeroportdan kutib olish, joylashish va D-4 dan D-2 ga o'tish.

Ikhlos Khamidov
Ikhlos KhamidovSizning yordamchingiz
Universitet ichida ishlab, arizalar qanday ko'rib chiqilishini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Endi shu tajribani sizning yo'lingiz uchun ishlataman.

Men haqimda

  1. Toshkent

    Litseyni tamomladim va ingliz tilini o'rgandim

    Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi litseyni tamomladim. Ingliz tilini o'rganib, chet elda o'qishga tayyorlandim.

  2. 2024

    Koreyaga topshirdim va keldim

    Seowon universitetida Global Communication va Business Administration yo'nalishlarida o'qiyman.

  3. 2+ yil

    Universitet xalqaro ofisida ishladim

    Xalqaro talabalarning viza va hujjat ishlari bilan 2 yildan ortiq shug'ullandim. Shu davrda 5–6 ta konsalting firmasining ishini yaqindan o'rgandim.

  4. Bugun

    Sizning yordamchingiz

    Koreyada, O'zbekistonda va boshqa davlatlarda o'qishni davom ettirmoqchi bo'lganlarga yordam beraman.

Studentlar bilan

Koreyadagi talabalik hayoti va studentlarimiz bilan lahzalar.

Universitetlar video orqali

Kampus, darslar va talabalik hayoti bilan qisqacha tanishing.

Seowon universiteti: kampus va talabalik hayoti haqida video
Seowon universiteti
Chungbuk viloyat universiteti: kampus va talabalik hayoti haqida video
Chungbuk viloyat universiteti

Studentlar fikri

Biz bilan Koreyaga kelgan studentlar o'z tajribasi haqida.

Viza tasdiqlangan kun
"Chiqdi aka, rahmat!"
Natijani hazil bilan e'lon qildik
"Brat, viza chiqdi!"
Viza tasdiqlandi, endi chipta

Jarayon qanday o'tadi

  1. Bepul konsultatsiya

    Maqsadingiz, budjetingiz va hujjatlaringizni ko'rib chiqamiz.

  2. Dastur tanlash

    Sizga mos universitet va dasturni birga tanlaymiz.

  3. Hujjatlar va ariza

    Hujjatlarni tayyorlaymiz va universitetga topshiramiz.

  4. Viza

    Viza hujjatlarini tekshiramiz va arizani topshiramiz.

  5. Koreyaga kelish

    Aeroportdan kutib olish va joylashishda yordam beraman.

Viza kafolatini hech kimga bermayman: yakuniy qarorni immigratsiya qiladi. Men hujjatlaringiz to'g'ri va to'liq tayyorlanishiga yordam beraman.

Ko'p beriladigan savollar

Konsultatsiya haqiqatan bepulmi?

Ha. Birinchi suhbat bepul. Unda vaziyatingizni ko'rib chiqamiz va qaysi yo'l sizga mosligini aytaman.

Vizani kafolatlaysizmi?

Yo'q. Vizani faqat immigratsiya beradi. Men hujjatlaringiz to'g'ri tayyorlanishiga va rad etilish xavfini kamaytirishga yordam beraman.

Vizam oldin rad etilgan bo'lsa-chi?

Ko'p hollarda qayta topshirish mumkin. Avval rad etilish sababini birga tahlil qilamiz, keyin keyingi qadamni rejalashtiramiz.

Koreys tilini bilmasam ham bo'ladimi?

Ha. Ko'pchilik koreys tili kursidan boshlaydi. Konsultatsiyada sizga qaysi yo'l mosligini aniqlaymiz.

Qanday bog'lanaman?

Telegram botimiz orqali yozing yoki Instagram'da xabar qoldiring.

Koreyaga o'qishga ketish uchun qanday hujjatlar kerak?

Odatda pasport, attestat yoki diplom (apostil va tarjima bilan), bankdagi mablag' haqida ma'lumotnoma (bankshot), til sertifikati (TOPIK yoki IELTS, dasturga qarab) va motivatsion xat kerak bo'ladi. Aniq ro'yxat universitet va dasturga bog'liq, shuning uchun konsultatsiyada sizga mos to'liq ro'yxatni beraman.

D-4 va D-2 vizasining farqi nima?

D-4 — Koreya universitetlaridagi koreys tili kurslari uchun talaba vizasi. D-2 — bakalavr, magistratura va doktorantura uchun viza. Ko'pchilik D-4 bilan til kursidan boshlab, keyin Koreyaning o'zida D-2 ga o'tadi — bu jarayonda ham yordam beraman.

Koreyada o'qish qachon boshlanadi?

Universitetlarning til kurslari odatda yiliga to'rt marta: mart, iyun, sentyabr va dekabrda boshlanadi. Bakalavr va magistratura mart (bahorgi) va sentyabr (kuzgi) semestrlarida boshlanadi. Hujjatlarni kamida 4–6 oy oldin tayyorlashni boshlash tavsiya etiladi.

Koreyada grant (stipendiya) olsa bo'ladimi?

Ha. Ko'p universitetlar TOPIK yoki IELTS darajasiga qarab kontrakt summasidan chegirma beradi. Masalan, studentlarimizdan biri IELTS 7 bilan Chungbuk National University'ga 70% grant bilan, boshqasi TOPIK 2 bilan Gwangju Women's University magistraturasiga 80% grant bilan qabul qilingan.

Qaysi universitetlarga hujjat topshirgansiz?

Chungbuk National University, Seowon University, Korea Aerospace University, Chungbuk Provincial University, Kyonggi University, Hanbat National University, Kongju National University, Hoseo University, Gwangju Women's University, DK University, Sudo International University, Korea Bible University va boshqalar.

O'zbekistondan tashqarida yashasam ham yordam berasizmi?

Ha. Konsultatsiya va universitetga hujjat topshirish onlayn olib boriladi, shuning uchun Rossiya, Qozog'iston, Turkiya va boshqa davlatlarda yashovchi o'zbeklar ham murojaat qilishi mumkin. Koreyada til kursida o'qiyotgan bo'lsangiz, D-4 dan D-2 ga o'tishda yordam beraman.

Koreyaga yo'lingizni bitta suhbatdan boshlang

Telegram'da yozing. Vaziyatingizni ko'rib chiqib, qaysi yo'l sizga mosligini aytaman.